Talabalarga kontrakt to‘lovi to‘lagan ota-onalar daromad solig‘idan ozod qilinadi
Fuqarolarning O‘zbekistondagi professional va oliy ta’lim muassasalari kontrakti uchun to‘lagan pulidan daromad solig‘i undirilmaydi.
Ushbu imtiyozdan quyidagi hollarda foydalaniladi:
➖fuqaro o‘zining kontraktini to‘laganida;
➖ota-onalar farzandlari kontraktini to‘laganida;
➖er-xotinlar 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i kontraktini to‘laganida.
Shuningdek, ushbu soliq imtiyozidan ta’lim krediti uchun to‘langan pul uchun ham foydalanish mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)