Talabalar reyting daftarchasi va guruh jurnallari bosqichma-bosqich bekor qilinadi

Talabalar reyting daftarchasi va guruh jurnallari bosqichma-bosqich bekor qilinadi

O‘zbekistonda 2021-2022 yilgi o‘quv yilidan OTMlarda talabalar reyting daftarchasi, guruh jurnallari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Abdullayev ma’lum qildi.

Alisher Abdullayev oliy ta’lim tizimida Raqamli universitet loyihasini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

«Loyiha doirasida «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi» ishlab chiqildi. Dastlabki bosqichlar 2020-2021 o‘quv yilida kredit-modul tizimiga o‘tkazilgan 46ta oliy ta’lim muassasasida joriy etilmoqda.

Mazkur axborot tizimida har bir talaba o‘zining shaxsiy kabineti orqali fanlarning elektron resurslari, dars jadvali, nazorat jadvali, davomati va o‘zlashtirishi haqida ma’lumot olishi mumkin. Ushbu axborot tizimini joriy qilish orqali 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab OTMlarda talabalar reyting daftarchasi, guruh jurnallari bosqichma-bosqich bekor qilinadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan tashqari, raqamlashtirish dasturiga ko‘ra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Toshkent viloyati filiali va Guliston davlat universitetida axborot texnologiyalari fakulteti tashkil qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!