Tailand qiroli karantinda: yonida 20 ta kanizak

Tailand qiroli karantinda: yonida 20 ta kanizak

Tailand qiroli Maxa Vachiralongkorn Alp tog‘laridagi Garmish-Partenkirxen joyidagi hashamatli otelda o‘zini izolyasiya qildi. Bu haqda New York Post xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Tailand qiroli o‘zi bilan 20 nafar kanizagini olib ketgan.

Bild nashri yozishicha, 67 yoshli Tailand qiroli Grand Hotel Sonnenbichl mehmonxonasining barcha joylarini ijaraga olgan.

Germaniya hukumatini umumiy izolyasiyaga qaramasdan qirol mamlakatda dam olishi uchun rasmiy ruxsatnoma bergan. Ta’kidlanishicha, Alp kurortlaridagi barcha mehmonxonalar yopilgan edi. Biroq bu otel yopilmadi.

Qirol bilan yana 119 nafar xizmatchilari keldi, biroq ularda COVID-19 gumoni tufayli Tailandga qaytib ketdilar.

Tailand o‘zida koronavirusga chalinganlarning soni 1388 nafarni tashkil qilmoqda. Sakkiz kishi vafot etdi.

Bu “haram bilan o‘zini izolyasiya qilish” haqidagi yangilik internetda paydo bo‘lgandan keyin mamlakat aholisi qirolga nisbatan e’tirozli izohlarni yog‘dirishdi. Twitter’da “Bizga qirol nima uchun kerak?” degan xeshteg paydo bo‘ldi, uning ostida milliondan ortiq izohlar paydo bo‘ldi.

Reddit portalida eng ko‘p muhokama qilingan yangilik bo‘ldi, ikki kun ichida 76 mingga yaqin layk to‘pladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!