O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyatida yangi tayinlov amalga oshirildi.
O‘zbekiston Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Boymirzayevna Ortiqova O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi.
Svetlana Ortiqova 1962 yili Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1987 yili hozirgi Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos, 1993 yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan.
U 2010-2014 yillari Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan, shuningdek, 2010 yildan 2015 yilgacha Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Svetlana Ortiqova Senatda 2015 yildan 2019 yilga qadar Senatga raislik qilgan Nig‘matilla Yo‘ldoshevga o‘rinbosarlik qilgan edi. Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yil iyunida O‘zbekiston bosh prokurori etib tayinlangandi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.