So‘x tumanida yashovchi fuqarolar uchun bir qator imtiyozlar beriladi

So‘x tumanida yashovchi fuqarolar uchun bir qator imtiyozlar beriladi

Shavkat Mirziyoyev «2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga ko‘ra:

👉 So‘x tumanida 2020 yilda jismoniy shaxslar yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;

👉 joriy yil 1 avgustdan boshlab 2021 yil 31 iyulga qadar:

➖ yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i amaldagi qat’iy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilansin;
➖ alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinsin.

👉 So‘x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi;

👉 So‘x tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning lavozim maoshlariga sohadagi ish stajining birinchi uch yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 40 foiz va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz miqdorda, ustamaning eng ko‘p miqdori 
100 foiz o‘rnatiladi;

👉 Transport vazirligi Qirg‘iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasi to‘liq hal etilgandan keyin bir hafta muddatda Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviasiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi;

👉 Farg‘ona viloyati hokimligi bir oy muddatda So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil etadi;

👉 So‘x tumani aholisi uchun Farg‘ona viloyatining Yozyovon, Qo‘shtepa, Bag‘dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi;

👉 So‘x tumanidagi ish bilan bandligi ta’minlanmagan aholining bir qismi Toshkent shahrida yirik ob’ektlarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlariga tizimli ravishda jalb qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!