Surxondaryoda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Surxondaryoda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan rasmiy bayonot berildi

2020 yil 5 fevral kuni soat 02:50 larda Boysun tumani, A.Termiziy ko‘chasida joylashgan 1857 m2 yer maydonidagi maishiy buyumlar bozorida yong‘in sodir bo‘lgan.

Natijada, savdo kompleksidagi 51 ta savdo rastalari va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalariga jiddiy zarar yetgan.

Tan jarohati olgan fuqarolar mavjud emas.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!