Surxondaryoda byudjet pullari talon-toroj qilindi

Surxondaryoda byudjet pullari talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q” MCHJ tomonidan 2019-2020 yillarda amalga oshirilgan kollektor tarmoqlarini tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda, jamiyat rahbarlari hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish va belgilangan ishlarni sifatsiz bajarish orqali 245,2 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, xuddi shunday, Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.” sho‘’ba korxonasi rahbari va boshqalar shaharda oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan qurilish-montaj ishlarini hujjatlarga qo‘shib yozish orqali 221,8 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari  o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!