«Surxon» mehmonda «Olimpik»dan yengildi

«Surxon» mehmonda «Olimpik»dan yengildi

Poytaxtimizdagi «JAR» sport-sog‘lomlashtirish majmuasi stadionida Superliganing 13-tur uchrashuvlari boshlandi.

«Olimpik» - «Surxon» uchrashuvining 29-daqiqasida Shahzod Toirov hisobni ochdi. Uchrashuv tugash arafasida Milliy olimpiya qo‘mitasi futbolchilari yana bir golni nishonlashdi. «Olimpik» - «Surxon» 2:0. Ikkinchi gol muallifi Rian Islomov bo‘ldi.

«Surxon»ning ikki nafar futbolchisi Sunnatulloh Hamidjonov va Nodirxon Ne’matxonovlar o‘yin davomida qo‘polligi sabab qizil kartochka bilan «siylandi». «Olimpik» futbolchisi Abdurauf Bo‘riyev ham so‘nggi daqiqalarda qizil kartochka oldi.

13-tur o‘yinlari ertaga davom ettiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!