«Surxon» davlat qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

«Surxon» davlat qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

«Surxon» davlat qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda  Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasidan ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida qurigan xashak va dov-daraxtlar yongan. 

Yuz bergan yong‘in tegishli vositalar yordamida bartaraf etilgan. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari, talafot ko‘rgan maydon va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.Tan jarohati olganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!