Stikersiz qo‘lga tushgan haydovchilarga qanday chora ko‘riladi?

Stikersiz qo‘lga tushgan haydovchilarga qanday chora ko‘riladi?

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida maxsus ruxsatnomalarsiz harakatlanayotgan avtotransport egalarining javobgarligi haqidagi savolga javob berdi.

«Javobgarlik masalasi bo‘yicha bir narsani tushuntirishimiz kerak. Bugungi kunda bu haydovchilar ko‘chaga chiqqani uchun yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risida javobgarlikka tortilmaydi. Chunki ular yo‘l harakati qoidasini buzmayapti. Bu yerda karantin, epidemologiyaga qarshi kurashish qonunlari bilan bog‘liq javobgarlik bor.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha karantin qoidalarini buzish degan modda bilan javobgarlikka tortiladi. Unda belgilangan jarimalar juda yuqori. 4 million so‘mdan boshlanadi. Shuning uchun hammaga tavsiya va talab ham shundan iboratki, bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak», – dedi Davletov.

Ma’lumot uchun, MJtKning 54-moddasiga asosan, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlar quyidagicha miqdorda jarimaga tortiladi:

  • fuqarolar – BHMning 20-30 baravari (4 460 000 – 6 690 000)
  • mansabdor shaxslar – 30-50 baravari (6 690 000 – 11 150 000)

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!