SSV: Mart oyida O‘zbekistonga 5 ta mamlakatdan COVID-19ning so‘nggi shtammlariga ta’sir qiluvchi Pfizer vaksinasi olib kelindi

SSV: Mart oyida O‘zbekistonga 5 ta mamlakatdan COVID-19ning so‘nggi shtammlariga ta’sir qiluvchi Pfizer vaksinasi olib kelindi

Kuni kecha Ispaniya tomonidan taqdim qilingan 800 640 doza Pfizer (TRIS, RTU original) vaksinasi O‘zbekistonga yetkazildi va aeroportda mamlakatimiz mas’ullariga topshirildi.

🦠 Natijada, mart oyida yurtimizga olib kelingan koronavirusga qarshi vaksinalar miqdori 2 960 640 dozani tashkil qildi.

💉 Ushbu Pfizer vaksinalari Shvesiya, Italiya, Chexiya, Xorvatiya, Ispaniya tomonidan taqdim qilindi.

— Pfizer (TRIS, RTU original)ning boshqa turdagi vaksinalardan, shuningdek, ushbu Pfizerning avvalgi versiyalaridan farqi shuki, yangi partiya vaksinalari virusning eng so‘nggi shtammlariga ta’sir qilish imkoniyati yuqori, — deydi Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova. — Ushbu vaksinalar yurtimizga COVAX dasturi doirasida yetkazib berilmoqda.

O‘zbekistonga taqdim qilingan vaksinalarning mamlakatlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

Shvesiyadan - 722 880 doza;
Italiyadan - 702 720 doza;
Ispaniyadan - 800 640 doza;

Chexiyadan - 446 400 doza;
Xorvatiyadan - 288 000 doza vaksina keltirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!