Soxta “PUBG” akkaunt sotish bilan fuqarolarni aldab kelgan 19 yoshli shaxs qo‘lga olindi
Soxta “PUBG” akkaunt sotish bilan fuqarolarni aldab kelgan shaxs qo‘lga olindi
————
Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashovchi 21 yoshli V.L. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 680.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida yashovchi 19 yoshli A.K. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, A.K., jabrlanuvchi V.L. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, unga arzon narxda “PUBG” akkauntini sotishi haqida aytib uni aldab, o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga oldindan 680.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazdirib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.K.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
⚠️ Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
