Soliq maslahatiga oid yangi qonun qabul qilindi

Soliq maslahatiga oid yangi qonun qabul qilindi

“Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–787-son, 04.08.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

✅ Qonunga muvofiq, soliq maslahatiga oid faoliyat deganda soliq maslahatchilari tashkilotining yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat tushiniladi.

🔢 Soliq maslahati bir qator xizmatlarni, jumladan mijozga soliqlar va yig‘imlarni hisoblash, to‘lash, hisobot tayyorlash bo‘yicha maslahat berish, sudlarda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda vakillik qilishni o‘z ichiga oladi.

❗️Soliq solish masalalari bo‘yicha advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish, sudda va boshqa davlat organlarida vakillik qilish soliq maslahati hisoblanmaydi.

🏢 Moliya vazirligi soliq maslahatiga oid faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organidir.

➡️ O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi soliq maslahatchilarining, soliq maslahatchilari tashkilotlarining ixtiyoriy a’zoligi asosida tashkil etiladigan kasbiy birlashmasi hisoblanadi.

📋 Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs soliq maslahatchisi bo‘ladi.

📝 Malaka imtihonini topshirish uchun ariza bilan Soliq maslahatchilari palatasiga murojaat qilinadi.

💰 Malaka sertifikatini olishga doir malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun BHMning 2 baravari (600 ming so‘m) miqdorida yig‘im to‘lanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!