Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vazir tayinlandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga hozirda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan Abduhakim Mo‘minovich Hojiboyev nomzodi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2020 yil 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Abduhakim Xojiboyev nomzodini ko‘rib chiqdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Abduhakim Xojiboyev nomzodi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga ma’qullandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!