Slovakiya aholisi Ukrainaga o‘q-dorilar uchun 2,5 million yevro yig‘di

Slovakiya aholisi Ukrainaga o‘q-dorilar uchun 2,5 million yevro yig‘di

Slovakiya aholisi Ukrainaga o‘q-dorilar uchun 2,5 million yevro yig‘di. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Agentlikning yozishicha, mazkur kampaniya Slovakiya hukumati Chexiyaning Kiyev uchun artilleriya o‘q-dorilarini sotib olish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortganidan keyin, fuqarolar tashabbusuga ko‘ra boshlangan.

Robert Fiso Slovakiya bosh vaziri etib saylanganidan so‘ng, mamlakat Ukrainaga harbiy va moddiy yordam berishni to‘xtatgan edi.

"Ukraina uchun mablag‘ yig‘ish tashabbusi Slovakiya aholisi Fiso hukumati siyosatini ma’qullamasligini ko‘rsatadi", — deydi tashabbus mualliflari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!