Sirskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni etib tayinlanganidan keyin ilk marta bayonot berdi

Sirskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni etib tayinlanganidan keyin ilk marta bayonot berdi

"Kun tartibida yangi vazifalar turibdi, birinchi navbatda, bu barcha harbiy qo‘mondonlik va boshqaruv organlari, qo‘shinlar va bo‘linmalarning harakatlarini, frontning xalqaro hamkorlardan kelayotgan qurollarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda aniq va batafsil rejalashtirishdir", — deya ta’kidladi Sirskiy.

"Harbiy moddiy-texnika ta’minoti va kadrlar malakasi muhim. Ukraina Qurolli Kuchlarining asosiy qadriyati harbiy xizmatchilarning hayoti va sog‘lig‘i. Shuning uchun, jangovar topshiriqlarni bajarish va bo‘linmalarni tiklash o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, shuningdek, kadrlar tayyorlashni kuchaytirish har qachongidan ham dolzarb bo‘lib qolmoqda", — deydi Sirskiy o‘z bayonotida.

"G‘alaba qozonishning kelajakdagi vektorlaridan biri yangi texnik yechimlarni joriy etish va muvaffaqiyatli tajribani kengaytirish, masalan, dronlar va zamonaviy elektron urush vositalarini qo‘llashdir", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni.

Shuni ta’kidlash kerakki, Aleksandr Sirskiy harbiy doiralarda topshiriqlarni bajarish uchun askarlarni ayamaydigan qattiqqo‘l general sifatida tanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!