Sirdaryoda qimorbozlar qo‘lga olindi

Sirdaryoda qimorbozlar qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv tezkor xodimlari tomonidan Mirzaobod tuman «Mirzo Ulug‘bek» mahallasi hududida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etib, karta qimor o‘yini davomida qimor o‘ynashga kelgan shaxslar o‘zlari bilan giyohvandlik vositalari olib kelishib, iste’mol qilayotganliklari to‘g‘risida tezkor ma’lumot olingan.

Tezkor ma’lumot asosida xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, joriy yilning yil 6 may kuni soat 21.45 larda viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Mirzaobod tumani «Mirzo Ulug‘bek» mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida davomida, M-34 avtoyo‘lining chetida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi ma’muriy binosiga xolislar ishtirokida kirilib, binoning dam olish xonasi ko‘zdan kechirilganda ismi sharifi shartli o‘zgartirilgan Abror va uning tashabbusi bilan 6 nafar shaxslar, ya’ni G‘ani, Shahboz, Elyor, Furqat, Umid hamda Otabeklar o‘yin kartada qimor o‘ynayotganliklari aniqlangan.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ushbu yoqilg‘i quyish shoxobchasining xonasidan qimor o‘yin uchun tikilgan jami 7.000.000 so‘m, 1.050 AQSh dollar miqdordagi va 3 litr shisha idish (banka) da alohida o‘yin tashkilotchi uchun deb ajratilgan 1.005.000 so‘m miqdordagi pullar hamda ushbu xona, ishlatilmagan o‘yin kartalari va ishlatilgan o‘yin kartalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!