Sirdaryoda og‘ufurush maqsadiga yeta olmadi

Sirdaryoda og‘ufurush maqsadiga yeta olmadi

Sirdaryo tumanida shu yil 26 oktyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida “Dehqonobod” MFY hududida Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi SH.I. 1 kg. 293 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini 5 mln. so‘m pulga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!