Sirdaryoda ko‘prik sinib, yo‘li cho‘kib ketdi

Sirdaryoda ko‘prik sinib, yo‘li cho‘kib ketdi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi ko‘prik balkalari sinib, yo‘li cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda Qalampir.uz.

Ma’lum qilinishicha, tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 10 kilometrida joylashgan zovur ko‘prigining Toshkent-Jizzax yo‘nalishidagi qismida 5 ta balkalar sinib ketgan.

Ushbu nosozliklar bartaraf etilgunga qadar, Toshkent-Termiz yo‘nalishidagi barcha transport vositalari harakati cheklanib, ularning harakati M-34 Toshkent-Dushanbe avtomobil yo‘lining 103-152 kilometri (jami 49 kilometr) va A-376 Qo‘qon-Jizzax avtomobil yo‘lining 219-237 kilometri (jami 18 kilometr) orqali vaqtincha tashkil etiladi.

“Barcha yo‘nalishlarda YPX postlari tashkil qilinib, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash choralari ko‘rilgan”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!