Sirdaryoda hokimning qarorlarini sohtalashtirib, firibgarlik sodir qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Sirdaryoda hokimning qarorlarini sohtalashtirib, firibgarlik sodir qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Oxirgi paytlarda firibgarlik orqali mo‘may daromad olishga qaratilgan jinoyatlarga ko‘zimiz tez-tez tushib qoladi.

Bu dunyoda izoh talab qilmaydigan shunday bir haqiqat bor: jinoiy yo‘l bilan topilgan boylik hech kimga, hech qachon buyurmaydi, nohalol luqmadan biron kimsa o‘sib-unmagan, baraka topmagan. Quyidagi jinoyat tafsiloti ham shu haqda.

SH.Odinayev hech qayerda ishlamasdan, unda yer maydoni ajratish va egalik qilish huquqiga oid hujjatlarni tasdiqlash vakolati bo‘lmasa-da, 2020 yil 6 iyul kuni o‘zining o‘rtog‘i D.Mustafaqulovga Guliston shahar hokimligida ishlovchi tanishlari orqali, Guliston shahar hududidan uy-joy qurish uchun 0,04 gektar yer ajratib berishni va’da qilib, uni ishontirib, aldab, pora berishga dalolat qilib, jami 11.000.000 so‘mini qo‘lga kiritib, D.Mustafaqulovni ishontirish uchun Guliston shahar hokimligining 2020 yil 06 iyul kungi 1473-sonli “Guliston shahar hududidan turar-joy qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi qalbaki qarorni tayyorlab bergan.

Bundan tashqari, SH.Odinayev 2020 yil avgust oyida M. Saipovaga Guliston shahar hokimligida ishlovchi tanishlari orqali Guliston shahar hududidan uy-joy qurish uchun 0,06 gektar yer ajratib berishni va’da qilib, uni ishontirib, aldab, pora berishga dalolat qilib, jami 2.600.000 so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, M.Saipovani ishontirish uchun unga Guliston shahar hokimligining 2020 yil 14 avgust kungi 1664-sonli “Guliston shahar, Qaropchi mahallasi hududidan turar-joy qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi qalbaki qarorni tayyorlab bergan.

Shuningdek, SH.Odinayev 2020 yil noyabr oyida M.Saipovaga singlisi Saipova Maftunani nomiga Guliston shahar hokimligida ishlovchi tanishlari orqali Guliston shahar hududidan uy-joy qurish uchun 0,06 gektar yer ajratib berishni va’da qilib, ishontirib, aldab, pora berishga dalolat qilib, jami 2.450.000 so‘mni qo‘lga kiritib, M.Saipovani ishontirish uchun unga Guliston shahar hokimligining 2020 yil 11 noyabr kungi 2145-sonli “Guliston shahar, Qaropchi mahallasi hududidan turar-joy qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi qalbaki qarorni tayyorlab bergan.

Bundan tashqari, SH.Odinayev 2021 yil 26 fevral kuni o‘rtog‘i D.Mustafaqulovga turmush o‘rtog‘i G.Tagaymuratovaning nomiga Guliston shahar hokimligida ishlovchi tanishlari orqali Guliston shahar, Qaropchi mahallasi hududidan uy-joy qurish uchun 0,04 gektar yer ajratib berishni va’da qilib, ishontirib, aldab, pora berishga dalolat qilib, jami 11.000.000 so‘mni qo‘lga kiritib, D.Mustafaqulovni ishontirish uchun unga Guliston shahar hokimligining 2020 yil 06 iyul kungi 1473-sonli “Tagaymuratova Gulchehra Tuychiyevnaga Guliston shahar, Qaropchi mahallasi hududidan turar-joy qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi qalbaki qarorni tayyorlab bergan vaqtda, ushbu qarorni D.Mustafaqulov tekshirtirib soxta ekanligini ma’lum qilganida, “hokimiyatda ishlovchilar shoshma-shosharlik bilan qarorni tayyorlaganligini”, haqiqiysini olib kelib berishini aytib, 2021 yil 26 fevral kungi 21/58-sonli “Guliston shahar, Qaropchi mahallasi hududidan turar-joy qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi qalbaki qarorni tayyorlab bergan.

Sud, mazkur jinoyat ishini mazmunan ko‘rib chiqib, SH.Odinayevga O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan JKning 57, 59,61-moddalariga asosan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Mazkur jinoyat ishi SH.Odinayevning advokati tomonidan berilgan shikoyatiga asosan apellyasiya instansiyasi sudida ko‘rib chiqildi.

Biroq, apellyasiya instansiyasi sudi, birinchi bosqich sudi tomonidan SH.Odinayevga jazo tayinlashda qilmishning sababini, uning shaxsini, jinoyatni g‘araz niyatda sodir qilganligini, yetkazilgan zararning miqdorini, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlab, qonuniy va asosli xulosaga kelganligini e’tirof etdi.

Qilmishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan SH.Odinayevning taqdiri ayrimlar uchun saboq vazifasini o‘tashi shubhasiz. Chunki halol yashash o‘rniga jinoyatchilikni kasb qilgan kimsalarning ahvoli hamisha achinarlidir va ularga jazo muqarardir.

Baxtiyor Mamadaminov,
Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!