Ertaga O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda
“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 15 dekabr, yakshanba kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi va ertalab 1-3 daraja iliq, kunduzi 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi ba’zi joylarda bir oz qor, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi ba’zi joylarda bir oz qor, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3 daraja sovuqqacha pasayadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 2 daraja sovuqqacha pasayadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2 daraja sovuqqacha pasayadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti blan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8 daraja sovuqqacha pasayadi.
“O‘zgidromet” yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga yana sovuq havo massalari kirib kelishi kutilayotganini, havo harorati keskin pasayishini avvalroq ma’lum qilgandi. Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati 17 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.