Shumaxer 6 yillik komadan so‘ng o‘ziga keldi

Shumaxer 6 yillik komadan so‘ng o‘ziga keldi

Formula-1ning 7 karra chempioni Mixael Shumaxer o‘ziga keldi. Bu haqda Le Parisien xabar bermoqda.

O‘zini tanitishni istamagan klinika xodimining aytishicha, Shumaxer bu kasalxonada va o‘zini yaxshi his qilmoqda, xushi joyida.

2013 yil 29 dekabr kuni sportchining hayotida baxtsiz hodisa yuz bergan edi. Shumaxer o‘g‘li va uning do‘stlari bilan birga fransuz Alplarining Meribel kurortida dam olayotgan edi. Shumaxer 20 metr trassa tashqarisidan yurib hali tayyor bo‘lmagan qiyalikka tushgan edi. 

Olingan jarohat tufayli sportchi komaga tushgandi. Keyinchalik uning salomatligi yaxshilangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!