Shu rostmi? Ronaldu 2009 yilda kimning nomusiga tekkan? (foto)

Shu rostmi? Ronaldu 2009 yilda kimning nomusiga tekkan? (foto)

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning advokatlari nemis “Spiegel” jurnaliga qarshi da’vo arizasi bilan chiqmoqchilar. Bunga esa ushbu jurnalda futbolchining tajovuz qilganligi haqidagi maqola sababchi bo‘lgan, deydi “Reuters”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2009 yilda Ronaldu amerikalik qiz Ketrin Mayorga bilan pinhona uchrashgan va bu haqda hech kimga aytmaslik to‘g‘risida qattiq ogohlantirgan. Jabrlanuvchi to‘qqiz yil davomida bu ish bo‘yicha sukut saqlaganligini tan oldi. Endi Mayorganing xabar berishicha, Ronaldu qizga uni zo‘rlaganini hech kimga aytmasligi uchun 375 ming dollar bergan ekan.

O‘z navbatida Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi barcha ayblovlarni keskin rad etmoqda.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda o‘sha qizning surati chop etildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!