Shohjahon Jo‘rayev qo‘shig‘iga raqsga tushgan ayol haqida: "Bu videoni tarqatmaslik kerak edi"

Shohjahon Jo‘rayev qo‘shig‘iga raqsga tushgan ayol haqida: "Bu videoni tarqatmaslik kerak edi"

 

Avvalroq, xonanda Shohjahon Jo‘rayevning “Bitta bo‘lsin, zo‘r bo‘lsin” nomli qo‘shig‘iga ayol kishining raqsga tushgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarla tarqalib, bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgani haqida yozgan edik.
 
Xonanda Shohjahon Jo‘rayev ham ushbu videoga munosabat bildirarkan, videoni tasvirga olgan va uni tarqatganlarni aybladi. U shunday deydi:
 
“Bizdan ko‘pchilik bu videoga munosabatimizni tinmay so‘ragani va barcha internet tarmoqlarida tarqab ketgani uchun izoh yozib qo‘yishga majbur bo‘ldik.
 
“Bitta bo‘lsin, zo‘r bo‘lsin” qo‘shig‘iga ijro etilgan bu opaxonning raqsi butun respublikamiz bo‘ylab Telegram tarmoqlarida yashin tezligida tarqab ketdi. Raqsga kelsak, raqs juda ajoyib tarzda, huddi mahoratli raqqosalardek ijro etilgan. Ko‘rib turganingizdek opaxon begonalarning oldida emas, oilasi,  o‘z yaqinlari,  qarindosh-urug‘lari bilan bir davrada xursandchilik qilib o‘tirganlarida raqsga tushganlar. Lekin davrada o‘tirgan qarindoshlar bu videoni tarqatmasalar yanayam to‘g‘ri ish bo‘lardi. Chunki ko‘pchilik bilmasdan opaxonning raqsini salbiy baholashmoqda. Bu opaxonning aybi emas, aytib o‘tganimizdek, u o‘z oilasi davrasida raqsga tushyapti.  Aksincha, aybni videoni tarqatganlarga qaratish kerak deb o‘ylaymiz. Va boshqa hech kim bunday oila davrasidagi holatlarini tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz. Chunki bu ayol ham kimningdir onasi,  kimningdir jufti haloli yoki opasi, singlisi!
 
Siz o‘z onangizga yoki opa-singillaringizga buni ravo ko‘rasizmi?! Aslo yo‘q! Shunday ekan qo‘lingizdagi telefonning kamerasini yoqishdan oldin bir zum o‘ylaning: kerakmi shu?!!
 
Nima bo‘lganda ham bunday iste’dodli, san’atga bo‘lgan mehri baland opaxonlarimizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab va shunday ko‘tarinki ruhda o‘zlariga va o‘z yaqinlariga xush kayfiyat ulashishdan aslo toliqmasliklarini so‘rab qolamiz”.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!