Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini 14 dekabr kuni o‘tkazadi

Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini 14 dekabr kuni o‘tkazadi

Professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz, Shohjahon Ergashev 14 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Rossiyaning Krasnodar shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida 26 yoshli bokschimiz ugandalik tajribali bokschi Badru Lusambiyaga qarshi ringga kutariladi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev hozirga qadar prof boksda 14 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. U 13 jangida raqiblarini nokautga uchratgan.

36 yoshli Badru Lusambiyaning hisobida esa 32 jang bor. U 26 ta jangda g‘alabaga erishgan, to‘rt marta esa durang natija qayd etgan. Ikki bahsda esa mag‘lubiyatga uchragan. Badru 24 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!