"Shifokorlarga pul to‘lanmagan": Qrimda hukumat tekshiruvi boshlandi

"Shifokorlarga pul to‘lanmagan": Qrimda hukumat tekshiruvi boshlandi

Qrim hukumati Kerch tez tibbiy yordam stansiyasida koronavirusga chalinganlarni davolayotgan shifokorlarga va’da qilingan qo‘shimcha pullar berilmagani yuzasidan tekshiruv boshladi. Bu haqda "TASS" xabar tarqatdi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Kerch tez yordam xizmatining 324 xodimidan faqat bir kishi aprel oyi uchun va’da qilingan to‘lovlarni olganligi haqida video tarqalgan.

Xabar qilinishicha, viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligi va tabiiy ofatlar tibbiy markazi rahbari barcha holatlarga oydinlik kiritish uchun Kerch shahriga borgan. Ular stansiya xodimlari va kasaba uyushmasi bilan uchrashuvlar o‘tkazadilar, unda qo‘shimcha haq to‘lash masalasi hal qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!