Shavkat Mirziyoyevning Buxoroda uy-joy masalasi bo‘yicha rejalari

Shavkat Mirziyoyevning Buxoroda uy-joy masalasi bo‘yicha rejalari

Shavkat Mirziyoyevning Buxoroda uy-joy masalasi bo‘yicha rejalari:

- Yeri yo‘q, suvi yo‘q, kanalizasiyasi yo‘q, zax joylardan odamlarni yaxshi sharoitga olib chiqishimiz kerak. 10 mingdan ortiq aholi uy-joyni yaxshilashga muhtoj. Har yili 16 mingta yangi oila qurilmoqda.

Kelgusi 5 yilda 20 mingdan ortiq xonadonli uylar quriladi. Birinchi G‘ijduvon va Buxoro tumanlarida, keyin Romitan, Vobkent, Kogon va Qorako‘l tumanlarida qurilishlar amalga oshiriladi.

Bunda uyga ehtiyojmand, ammo imkoni yo‘q oilalar o‘zini tiklab olguncha davlat yordam beradi- boshlang‘ich va foiz to‘lovlari uchun yiliga 120 milliard so‘m subsidiya ajratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!