Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Parlamenti Maslahatchilar palatasi prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Parlamenti Maslahatchilar palatasi prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakat Parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Masakazu Sekiguchi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlar muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Maslahatchilar palatasi vakillari joriy yilning aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150 yilligiga bag‘ishlangan sessiyada faol ishtirok etdilar.

Yoshlarning parlamentga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, O‘zbekiston – Yaponiya yoshlar parlamentlari a’zolari forumini o‘tkazish hamda 2026 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Yoshlar parlamentlari a’zolari global konferensiyasida Yaponiya delegasiyasining ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi.

Parlamentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investisiyaviy, texnologik va madaniy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishi muhimligi ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баё