Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiya xalqiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiya xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddiga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

Prezident matbuot xizmatning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi.

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 49 nafarga yetdi. Kasalxonalar 39 nafar jarohatlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!