Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali gaplashdi

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali gaplashdi

Mirziyoyev Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti 23 aprel kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefonda gaplashdi.

U bunday tabiiy ofatlar keyingi paytlarda mintaqada kuzatilayotgan iqlimning salbiy o‘zgarishlari oqibati ekani qayd etildi.

Bu borada yaqin amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Prezidentlar yaqinda Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar va bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!