Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan kelish taklifi va samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, prezident Serjo Mattarella va Italiya xalqini kuni kecha o‘tgan milliy bayram – Respublika e’lon qilingan kun bilan qutladi.

Italiya prezidenti O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, mamlakatning Markaziy Osiyoda barqarorlik va farovonlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Davlat rahbarlari iqtisodiy hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi. Ta’kidlanishicha, keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma korxonalar soni ikki barobar ko‘paydi. O‘zbekistonda Italiyaning Pietro Fiorentini, Terra-nova, Danieli, Imagro, Ansaldo, Saipem kabi yetakchi kompaniyalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi

Prezidentlar kuni kecha o‘tgan biznes-forum natijalarini mamnuniyat bilan qayd etdi. Uning yakunida umumiy qiymati 9 milliard yevrodan ziyod bo‘lgan kelishuv va shartnomalar imzolandi.

O‘zbekiston va Italiyaning madaniy-tarixiy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etishga kelishib olindi. Ta’lim, arxeologiya, ekologik xatarlarga qarshi kurashish sohalarida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Toshkentda Turin va Piza universitetlarining filiallari muvaffaqiyatli ishlamoqda. Ketma-ket uch yil O‘zbekiston Venesiyadagi Xalqaro biyennaleda ishtirok etib kelmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi

Yil boshidan O‘zbekistonga kelayotgan italiyalik sayyohlar soni 5 karra ko‘paydi. Joriy yil aprel oyidan boshlab Toshkent va Milan o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani turistlar oqimining oshishiga xizmat qiladi.

Etakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar, eng avvalo, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar. Afg‘on xalqiga manzilli gumanitar yordamni davom ettirish hamda maxsus vakillarning maslahatlashuvlarini muntazam o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Serjo Mattarellani mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!