Shahram G‘iyosov WBA yangilangan reytingini tark etdi

Shahram G‘iyosov WBA yangilangan reytingini tark etdi

Butunjahon boks assosiasiyasi WBA professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unda Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) mavqeini yaxshilab oldi. Bu haqda GoSport.uz xabar berdi.

Super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida ishtirok etayotgan Shoxjahon Ergashev fevral oyi reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘ringa ko‘tarildi. O‘tgan oydagi reytingda 15-o‘rinda borayotgan Shahram G‘iyosov reytingni tark etdi.

Yangilangan reytingda ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev 1-o‘rinni saqlab qoldi va jahon chempionlik kamari uchun birlamchi da’vogar nomini saqlab qoldi.

Shuningdek, super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida bitta jang o‘tkazgan Isroil Madrimov (1-0, 1KO) esa reytingda 9-o‘rinda qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!