Maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalari(attestat)ni quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishi mumkin:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma ma’lumotini olish davlat xizmati orqali.
Elektron shahodatnoma (e-shahodatnoma.uz) axborot tizimiga shaxsiy ma’lumotlarini kiritish orqali.
Ma’lumot uchun: 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma ma’lumotlari Bilim va malakalarni baholash agentligining OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integrasiya qilingan.
Shu bois, oliy ta’lim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma ma’lumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi.
Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlari shart emas.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.