30 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining «Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo muntazam avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlarni qoplab berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam zararli avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglament quyidagi tartiblarni belgilaydi:
shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam norentabel avtobus yo‘nalishlaridagi xarajatlarni kompensasiya qilish;
xarajatlarni qoplash uchun arizalarni ko‘rib chiqish;
zararli avtobus tashishlari uchun subsidiyalar berish.
Tijorat asosida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi va lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida 30 foizgacha zarar bilan ishlaydigan avtobus yo‘nalishlari zararli hisoblanadi (Toshkent shahri bundan mustasno).
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, hududiy boshqarmalar tomonidan zararli avtobus yo‘nalishlari reestri yuritiladi. 2025 yil 1 fevraldan boshlab, subsidiya olish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun tashuvchi YAIDXP orqali zarur hujjatlar bilan murojaat qiladi.
Mas’ul organlar 5 kun ichida qaror qabul qiladi. Ushbu xizmat bepul ko‘rsatiladi. Subsidiya berishni belgilanmagan asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 4 noyabrdan kuchga kirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
22 декабрь куни Тошкент шаҳридаги "Ҳумо арена" мажмуасида хоккей бўйича КХЛ доирасидаги "Динамо" Минск ва "Спартак" Москва жамоалари ўртасидаги ўйин ўтказилганди.
Украина Россиянинг олға силжишини тўхтатишга қодир эмас, бу ҳақиқат. Бу ҳақда америкалик разведканинг собиқ ходими Скотт Риттер YouTube'даги i Judging Freedom каналида айтиб ўтди.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Москванинг ЦСКА ва Ўзбекистон миллий терма жамоаси футболчиси Аббосбек Файзуллаев нега ҳалигача ота-онасини Россия пойтахтига кўчирмагани ҳақида гапириб берди.
Бу ҳаракат Аббос режимининг Женинга ҳужуми пайтида Ал-Жазира "нифоқ уруғини сепмоқда ва ички низоларни қўзғатмоқда" деган айбловлар фонида амалга оширилди.
Европа Иттифоқи томонидан электромобилларга бож жорий этилишига қарамай, Хитой 2025 йилда жаҳон бозорида энг йирик автомобил етказиб берувчиси бўлиб қолади.
Нашрнинг ёзишича, янги тадқиқотлар шуни кўрсатдики, Буюк Британиянинг душманлари ҳарбий харажатларни кўпайтирмоқда, аммо Буюк Британия мудофаа учун ЯИМнинг 2,5 фоизини таъминлай олмаяпти.
Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES) турли позицияларда ўйновчи 21 ёшгача футболчилар орасида тадқиқот ўтказиб, энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди.