Shahar bedarvozami: Toshkentda haydovchi yurib ketayotgan mashinasining ustiga o‘tirib oldi (video)

Shahar bedarvozami: Toshkentda haydovchi yurib ketayotgan mashinasining ustiga o‘tirib oldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda katta tezlik ketayotgan mashina rulini boshqaruvchisiz qoldirib, mashina tomiga o‘tirib olgan epchil haydovchi tasvirlangan video keng tarqalmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda katta tezlik ketayotgan mashina rulini boshqaruvchisiz qoldirib, mashina tomiga o‘tirib olgan epchil haydovchi tasvirlangan video keng tarqalmoqda. Xavfli tryukni ijro etgach, haydovchi o‘z o‘rniga qaytadi. Biroq bularning barchasi unga kam qilgandek, u o‘zining qoidabuzarligini davom ettiradi.

U biroz o‘tib yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmay, katta tezlikda mashinani boshqarishda davom etadi. Atrofda transport vositalari harakatlanayotganiga qaramasdan, yana bir necha marta xavfli tryuklarni ijro etadi.

Hozircha IIBB ushbu holatga rasmiy izoh bergani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagan va mashinani katta tezlikda boshqargan qoidabuzarlarga jazo muqarrardir. Chunki ular o‘z harakatlari bilan nafaqat o‘z hayotlarini, balki boshqalar hayotini ham xavf ostiga qo‘yishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!