Sergelidagi «Titanik» yonida «cho‘kib ketgan» avtomobil surati e’lon qilindi (foto)

Sergelidagi «Titanik» yonida «cho‘kib ketgan» avtomobil surati e’lon qilindi (foto)

Toshkentning Sergeli tumanida barcha Titanik deb nomlangan uyning oldida yo‘lovchi tashuvchi transport vositasining yog‘ingarchilik oqibatida ariqqa tushib ketgani aks etgan surat Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Sergeliyskiy rayon jiznenno (Sergeli tumani hayotiy) deb nomlangan yopiq guruhiga joylangan.

Ushbu suratga Nafaqat Titanik, balki uning oldidagi mashina va odamlar ham cho‘kadi deya izoh qoldirilgan.

Poytaxt yo‘llarining yomon holati sababli kuchli yog‘ingarchilik yuz berganda aksariyat joylarida mana shunday noxush holatlar yuzaga keladi.

Mazkur postga javoban guruh foydalanuvchilari yo‘llarning holatidan shikoyat qilib izoh qoldirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!