Sergelidagi portlash oqibatida 15 yoshli bola vafot etgan

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada ro‘y bergan kuchli portlash oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘lgan. Bu ma’lumotni «Gazeta.uz»ga Sergeli tumani hokimligi matbuot xizmati kotibi Shamshoda Ibrohimova tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, portlagan ombor yaqinidagi ko‘p qavatli uyda yashagan 15 yoshli bola boshiga rom tushib ketishi oqibatida vafot etgan. U tumandagi 305-sonli maktabning 11-sinfi o‘quvchisi bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)