Saudiya valiahdi qirol Salmon nomidan Ka’bani yuvdi

Saudiya valiahdi qirol Salmon nomidan Ka’bani yuvdi

Bu haqda Saudiya Arabistoni matbuot agentligi ma’lum qildi.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon qirol Salmon nomidan Makka masjididagi Muqaddas Ka’bani yuvdi.

Agentlik xabariga ko‘ra, shahzoda Muhammad bin Salmon Ka’bani yuvish oldidan uni tavof qildi va namoz o‘qidi. Unga Saudiya Arabistoni sport vaziri shahzoda Abdulaziz bin Turkiy al-Faysal hamrohlik qilgan. Ularni Ikki Muqaddas masjid ishlari bo‘yicha Bosh raisligi prezidenti Shayx Abdurrahmon Sudais qabul qildi.

Ka’bani yuvishda boshqa yuqori martabali amaldorlar ham qatnashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!