Saudiya Proligasi. Ronaldudan navbatdagi gol, Durandan dubl, «An-Nasr»dan yirik g‘alaba

Saudiya Proligasi 19-turi doirasida «An-Nasr» Otabek Shukurov faoliyat yuritayotgan «Al-Feyha» jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi.
Saudiya chempionatidagi debyut o‘yinida Jon Duran dublga erishgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu 74-daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi – 3:0. Bu portugaliyalik 40 yoshli hujumchining faoliyatidagi 924-goliga aylandi.
Mehmonlar safida Otabek Shukurov 80-daqiqaga qadar harakat qilib, so‘ng zaxiraga olindi.
Ushbu g‘alabadan keyin «An-Nasr» 41 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Shukurov jamoasi esa 16 ochko bilan 14-pog‘onadan joy olgan.
Saudiya Proligasi. 19-tur
An-Nasr – Al-Feyha 3:0
Gollar: 1:0 – 22 Duran, 2:0 – 72 Duran, 3:0 – 74 Ronaldu.
An-Nasr – Bento, An-Najdi (As-Sulayxim, 60), Laport, Al-Avjami, Bushal, Mane, Al-Haybari (Al-Fatil, 86), Brozovich, Anjelo Gabriel (Qashish, 60), Ronaldu (Maran, 84), Duran (G‘arib, 85).
Al-Feyha – Moskera, Ar-Rashidi, Smolling, As-Saafi (Al Ruqi, 80), Sakala, Posuelo (Al-Xarti, 70), Abdi (Rangel da Silva, 87), Shukurov (dos Santos da Silva, 80), Al-Bishi, Al-Bakaui (Al Dowaish, 80), Lopes.
Ogohlantirishlar: As-Saafi (35), Bushal (51), Mane (54), Brozovich (67).