Sardor Mamadaliyev: "Rayhon va Shahzoda bilan duyet kuylash? Buning menga keragi yo‘q"

A A A
Sardor Mamadaliyev: "Rayhon va Shahzoda bilan duyet kuylash? Buning menga keragi yo‘q"

Bu xonandani ko‘pchilik o‘ta kibrli va kamgap ijodkor deb biladi. Ammo u bilan suhbatlashgan inson yuqoridagi ta’riflar haqiqatdan uzoqligini darhol anglaydi. Boisi Sardor Mamadaliyev mulohazali, hazilni ham o‘rniga qo‘yadigan inson. U bilan suhbatlashgan inson hech zerikmaydi. U Doktor press gazetasiga intervyu berdi.

Sardor aka, suhbatni bolaligingiz bilan bog‘liq xotiralarni eslashdan boshlasak, qarshi emasmisiz?

Bolalikdanoq san’atga mehrim baland bo‘lgan. Ba’zi bolalar singari ko‘cha changitib, sho‘xlik qiladigan bola bo‘lmaganman. Maktabdan kelib, tushlik qilardim-u, gitara yoki tor chalishni mashq qilardim. She’rlarga o‘zimcha musiqa bastalab ijro etardim. Kun tartibim deyarli o‘zgarmasdi.

Odatda, bolalarning orzulari tez-tez o‘zgaradi. Siz qaysi sohalarda ishlashni orzu qilgansiz?

Mening oliy maqsadim faqat san’atkor bo‘lish edi. Ammo yaqinlarim huquqshunos bo‘lishimni orzu qilishardi. 2000 yili o‘rta maktabni tamomlab, san’at kollejiga hujjat topshiraman deganimda, qarorimga otamdan tashqari barcha oila a’zolarim qarshi bo‘lishgan. Oilamizda san’atkorlar yo‘qligi bois bu sohada o‘z o‘rnimni topishimga ishonishmagandi. Ammo men tanlagan yo‘limdan qaytmadim, avval san’at kollejida, undan keyin O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil oldim.

Akangiz ham san’atkor bo‘lishni orzu qilgan ekan...

Ilk ustozim ham akam Avazbek Mamadaliyev hisoblanadi. Menga tor ushlab, qo‘shiq kuylashni ham u o‘rgatgandi. Afsuski, uning san’atkor bo‘lish orzusi amalga oshmadi. U huquqshunoslik sohasini tanladi. Bugun o‘z ishidan ma’mnun.

Tinglovchi sifatida qanday qo‘shiqlarni miriqib tinglaysiz?

Mening san’atda o‘z kumirlarim bor. Musiqa va ijro borasida ulardan andoza olishga, eng sara yangiliklarini o‘zbek san’atiga ham olib kirishga harakat qilaman. Keyingi paytlarda ko‘proq jaz va rok musiqalarini eshityapman.

Tavakkal qilishdan qo‘rqasizmi?

Yo‘q, hayotda tavakkalchi insonman. Ammo xayolot bilan yashamayman. Uddasidan chiqishimga ishongan ishga qo‘l uraman.

Ijodda shaxtam odimlaysiz. Qaysidir ma’noda qisqa muddatda mashhurlikka ham erishdingiz...

Chetdan turib baho berish oson (kulib).

Sizdan avval sahnaga qadam qo‘ygan-u, ammo hech qanday natijaga erishmaganlar ko‘plab topiladi.

To‘g‘ri. Lekin bu osonlikcha mashhur bo‘ldingiz degani emas. San’atga kirib kelishim qanchalik qiyin bo‘lganini atrofimdagi insonlar yaxshi bilishadi.

Ijodda bir to‘xtamga kelishingiz osonmi? Umuman qo‘shiq yaratishda kimning maslahatiga suyanasiz?

Ko‘nglimga quloq tutaman. She’r borasida akam bilan yoki yaqin shoirlarim fikrini o‘rganaman. Ammo musiqa tanlash va ijro borasida ancha injiqman. Musiqadan o‘zim istagan notani topmagunimcha, uni ijro etishga hech kim ko‘ndirolmaydi (kulib).

Odatda, plagiat dan uzoqroq yurishga harakat qilasiz. Balki, o‘zingiz qo‘shiqlarga musiqa bastalashingizning ham asosiy sababi shudir?

Plagiat ijodiy o‘g‘irlik sanaladi. Birovning mulkiga ko‘z olaytirgan insondan qanchalik nafratlansak, ijodiy o‘g‘irlik egalari ham shunday munosabatga loyiq, deb hisoblayman. Ammo o‘g‘irlik bilan ta’sirlanish, biror qo‘shiqdan ilhomlanishning o‘rtasida katta farq bor. Masalan, men grek va balkan qo‘shiqlarini ko‘p eshitaman, ulardagi ohang, nola va qochirimlarni o‘z ijrolarimda ham qo‘llashga harakat qilaman.

Keyingi paytlarda, asosan, syujet janridagi kliplarni suratga oldiryapsiz. Klip g‘oyalari kimga tegishli?

Klip borasida doimiy hamkorlarim Hurshid va Nodir Sobirovlar bilan maslahatlashaman. Bir-birimiz bilan fikr almashib, syujet borasida bir to‘xtamga kelamiz.

Qaysi qo‘shiqning klipi mashhur bo‘lishini oldindan taxmin qila olasizmi?

Klip suratga olishga shoshilmayman. Boisi, qo‘shiqning mashhurligi, avvalo, uning o‘ziga, matni va ijrosiga bog‘liq. Har yil konsert uchun 12 ta yangi qo‘shiq tayyorlayman. Konsertdan so‘ng ularni xalq orasida kuylayman. Bir necha oylik kuzatuvlardan so‘ng muxlislarga manzur bo‘lgan qo‘shiqqa klip suratga olamiz. Ba’zida o‘zimga unchalik ma’qul bo‘lmagan qo‘shiq ham muxlislarga manzur bo‘ladi. Masalan, Shoyi ro‘mol qo‘shig‘i o‘zimga yoqmagan, unga klip suratga olishni xayolimga ham keltirmagandim. Ammo qo‘shiq muxlislarga yoqqach, unga klip suratga oldik.

Yaqinlar davrasida qanday insonsiz? Sahnadagi jiddiylik imiji dan voz kecha olasizmi?

Yaqinlarim fe’l-atvorim qandayligini yaxshi bilashidi. Ayrimlar o‘ylagandek, kibrli, manman emasman. Hamma qatori oddiy, kimgadir farzand, kimgadir ukaman. Ijodkor qo‘shiq ichida yashashi kerak. Men tanlagan mavzular jiddiy va dolzarb. Ularni shunchaki tabassum bilan ijro etib bo‘lmaydi.

Agar sizga Rayhon yoki Shahzoda singari san’atimizning yoqimtoylari duet kuylashni taklif qilishsa, qay birini qabul qilasiz?

Men professionallikka intilayotgan xonandaman. Rayhon va Shahzodaning san’atdagi o‘rni bilan meniki o‘rtasida katta farq bor. Biz ko‘pincha qo‘shiqchi va ashulachi so‘zlarini bir-biriga sinonim deb bilamiz. Aslida, ular daraja jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Qo‘shiqchining tarozisi ancha yengil, ashula esa mukammal musiqiy asar hisoblanadi. Balki, ular bilan duet kuylasam, yoshlar orasida reytingim ko‘tarilar, ammo menga bunday natija emas, san’atdagi o‘ziga xoslik muhim ahamiyatga ega.

Ro‘zg‘orda er yigit qilishi kerak bo‘lgan qaysi ishlarni bajara olasiz?

Oxirgi marta qachon oila davrasida kechki ovqatni yedingiz deb so‘rang (kulib). Rostini aytganda, uyda juda kam bo‘laman, bozor-o‘char qilishga yoki kichik ta’mirlash ishlarini ham qilishga vaqtim yo‘q.

Miriqib raqs tushgan kuningizni eslay olasizmi?

Talabalik paytlari kursdoshlarimiz bilan kichik ziyofatlar tashkillashtirib turardik. O‘shanda raqs tushganman, ammo bu shunchaki kursdoshlarimning iltimosi uchun edi, xolos. Tabiatan raqs tushishni yoqtirmayman.

Otangizning qaysi xislatlari o‘zingizda jam bo‘lishini orzu qilasiz?

Har bir farzand uchun ota-onasi idel shaxslar hisoblanadi. Dadamning barcha xislatlariga havasim keladi. U ancha yillardan buyon tashkilot rahbari, uning notiqlik, sardorlik qobiliyatiga tan beraman. Onam farzand tarbiyasida biroz qattiqqo‘l, dadam esa zamonaviy fikrlaydigan, mehr bilan qahrni birdek qo‘llay oladigan inson.

Odatda, qanday yo‘l qoidasini buzasiz?

Ko‘pincha xavfsizlik tasmasini taqishni unutib qo‘yaman. Ba’zan atayin taqmayman. Uni taqsam, yuragim siqilib ketadi (kulib). Ammo e’tiborli va sezgir haydovchiman. Dadamning Boradigan yeringgga besh daqiqa oldin bording nima-yu, keyin bording nima! degan so‘zlariga doimo amal qilaman.

Ayni bahor kunlarida kishini holsizlik va charchoq qiynaydi. Siz ularni qanday yengasiz?

Tabiat qonunlariga qarshi borib bo‘lmaydi. Bahorda bunday holatning kuzatilishi tabiiy hol. Organizm ham qurilma emas, u faqat harakatlanib turishi kerak, deb o‘ylaganlar qattiq yanglishadi. Agar o‘zimda kuchli charchoqni his qilsam, hech narsaga qaramay dam olaman. Agar uyqu ham menga halovat bag‘ishlamasa, hordiq uchun tabiat qo‘yniga yoki xorij safariga yo‘l olaman. Vaqti-vaqtida muolaja olishga ham odatlanganman. Odam faqat kasal bo‘lganda sog‘ligiga e’tibor bermay, undan avval ehtiyotini qilsa, joni ozor kechmaydi.

Ovoz shirali bo‘lish uchun tuxum yutishlari haqida eshitgandim. Siz ham tong saharda tuxum yutib turasizmi?

Shunday deyishadi-ku, ammo men buning foydasini sezmaganman. Agar shunday bo‘lganida, istagan kishi tuxum yutib, hofiz bo‘lib ketgan bo‘lardi (kulib). Hammasi faqat mehnatga bog‘liq.

Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor.

Salomatlik insonga berilgan eng katta ne’mat hisoblanadi. Shunday ekan, barcha hamyurtlarimizga, avvalo, sog‘liq, tinchlik va oilaviy baxt tilayman.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.