Saratonni davolashga qaratilgan yangi usul klinik sinovdan o‘tkazilmoqda

Saratonni davolashga qaratilgan yangi usul klinik sinovdan o‘tkazilmoqda

Tahlillarga ko‘ra, dunyoda har yili 20 million nafarga yaqin kishi onkologik xastaliklarga chalinib, ulardan teng yarmi saraton asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yummoqda.

Shu bois tibbiyot olimlari ushbu xavfli kasallikning samarali davosini topish va bu orqali bemorlar o‘limini keskin kamaytirish maqsadida doimiy izlanishda.

Shveysariyaning Bazel universiteti yetakchi professorlari va mutaxassislaridan iborat guruh ayni shu maqsadda tadqiqot o‘tkazdi.

Ma’lumki, saraton o‘simtalari kutilmaganda paydo bo‘lib, organizm bo‘ylab tarqala boshlaydi. Eng yomoni, bu bosqichda ular turli dori-darmonlarga yuqori moslashuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Yangi tadqiqot ko‘krak bezi saratoni hujayralarining zararli ta’sirini kamaytirishga qaratilgan. Bunga mos ingibitor(antitana)ni topish uchun 9500 dan ortiq birikma sinab ko‘rildi.

Ular orasidan PLK1 ingibitori eng mos namuna deb topildi. Ushbu birikmaning saraton hujayralariga ta’siri xastalikni samarali davolash imkonini berishi mumkin.

Hozir mazkur usul qon, o‘pka va oshqozon osti bezi saratoni muolajasida qanday natija berishi yuzasidan klinik sinovlar davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!