Samarqandda talaba tanishini Qirg‘iziston Respublikasi universitetiga o‘qishga kiritishga va’da berdi, lekin...

Samarqandda talaba tanishini Qirg‘iziston Respublikasi universitetiga o‘qishga kiritishga va’da berdi, lekin...

Samarqand medisina instituti talabasi tanishini chuv tushirishiga bir bahya qoldi. Jinoyat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining "Aniq.uz"ga bergan xabariga ko‘ra, Samarqand medisina instituti talabasi N.M. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, unga Qirg‘iziston Respublikasidagi universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish va keyinchalik Samarqand Davlat Universitetiga o‘qishini ko‘chirib berishini aytgan. Bu xizmati evaziga 5 000 AQSh dollari so‘ragan. Talaba pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!