Samarqandda “International Travel Bazaar 2023” turizm forumi bo‘lib o‘tadi

Samarqandda “International Travel Bazaar 2023” turizm forumi bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 10–11 fevral kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida “International Travel Bazaar 2023” Samarqand turizm forumi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur forum Markaziy Osiyoda sayohat tajribasini shakllantiruvchilar va turizm xizmatlarini sotuvchilar uchun yil tadbiri hisoblanib, rivojlanish, hamkorlik va yangi yechimlarni izlashga qaratilgan.

Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, forum turizm sohasi mutaxassislari uchun yaratilgan platforma bo‘lib, unda 9 davlatdan 40 nafar ma’ruzachi ishtirok etadi.

Shuningdek, forumda turoperatorlar va gidlar, restavratorlar, mehmonxonachilar va turizm bilan bog‘liq korxonalar, ijodiy industriya va davlat sektori vakillari kabi 200 nafardan ortiq ishtirokchilar bilan sayohat tendensiyalari mavzusida suhbatlar tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!