Samarqandda fuqaroni AQShga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Samarqandda fuqaroni AQShga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyati DXX hamda IIB boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Payariq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan I.N. mahalliy fuqaroni soxta hujjatlar asosida Turkiya va Yaponiya orqali AQShga jo‘natish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qilib, dastlabki hujjatlarni tayyorlash uchun kelishilgan puldan 10 ming AQSh dollari va uning xorijiy pasportini talab qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Fuqaro I.N. ushbu jinoyatni 1994 yilda tug‘ilgan tanishi, Toyloq tumanida yashovchi U.A. bilan til biriktirgan holda amalga oshirayotganligini ma’lum qildi.

Ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!