Samarqandda 62 yoshli erkak kanalga cho‘kib ketishi mumkin edi

Samarqandda 62 yoshli erkak kanalga cho‘kib ketishi mumkin edi

Bugun, 7 iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi fuqaro (1960 y.t.) spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda Kattaqo‘rg‘on suv omborining chiqish kanaliga cho‘milish maqsadida suvga tushgan. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganligi sababli u suvda cho‘ka boshlagan.

Shu vaqt kanal yaqinidan o‘tib ketayotgan fuqaro jabrlanuvchining holini ko‘rib, zudlik bilan Kattaqo‘rg‘on shahar Favqudodda vaziyatlar bo‘limiga xabar qilgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari sababli jabrlanuvchi o‘z vaqtida qutqarib olindi. Jabrlanuvchiga tuman tez yordam shifokorlari tomonidan zarur yordam ko‘rsatildi. Qayd etilishicha, uning salomatligiga ziyon yetmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!