Samarqandda 17 yoshli yigit singlisi va uning dugonasining o‘limiga sabab bo‘ldi (VIDEO)

Samarqandda 17 yoshli yigit singlisi va uning dugonasining o‘limiga sabab bo‘ldi (VIDEO)

Samarqand viloyatida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 17 yoshli yigit singlisining dugonalarini manziliga eltib qo‘yish maqsadida uyidan Cobalt avtomashinasini olib chiqqan va avtomashinani katta tezlikda boshqarayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomoniga o‘tib, ag‘darilib ketishi natijasida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Ushbu YTH natijasida avtomashina salonida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchidan biri voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan. Uchinchi yo‘lovchi esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!