Samarqandda 13 yoshli qiz homilador bo‘ldi. U 2 yil davomida zo‘rlab kelingan

Samarqandda 13 yoshli qiz homilador bo‘ldi. U 2 yil davomida zo‘rlab kelingan

Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlab, homilador qilgan erkakka jazo tayinlandi. Bu haqda uzreport xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, 2021 yil noyabr oyida Samarqand shahridagi maktabda tahsil oluvchi 13 yoshli qiz homilador bo‘lib qolgan. Holat yuzasidan olib borilgan tekshiruv davomida qizni u bilan bir uyda birga yashab kelayotgan onasining xonadoshi zo‘rlagani aniqlangan. Zo‘ravonlik qizning 11 yoshidan boshlangan.

Erkakka nisbatan Samarqand shahar sudi tomonidan jazo tayinlangan. Sud hukmi bilan aybdor Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismida (O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning nomusiga tegish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilgan holda sudlanuvchiga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!