Samarqand prokurorlari uchun qariyb yarim milliard so‘mga “ayfon”lar sotib olingani ma’lum bo‘ldi

Samarqand prokurorlari uchun qariyb yarim milliard so‘mga “ayfon”lar sotib olingani ma’lum bo‘ldi

Samarqand viloyati prokuraturasi xodimlari uchun salkam yarim milliard so‘mga “ayfon”lar xarid qilingan. Bu haqda Telegram’dagi Revizor kanalida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yilning 28 dekabr kuni Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan 420 million so‘mga 21 dona iPhone 14 Pro Max 1TB smartfonlari va 25,3 million so‘mlik ayni shu modeldagi smartfondan yana bir dona xarid qilingan.

Kanal admini surishtiruviga ko‘ra, viloyat prokuraturasining MIBdan umumiy qarzdorligi 10 milliard 505 million so‘mni tashkil etgan.

Bundan tashqari Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi 14,4 million so‘mga bir dona Apple iPhone 14 Pro Max 256 GB, Qashqadaryo viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi 24,7 million so‘mga ikki dona Galaxy S23 Ultra 512 GB, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi 10 million so‘mga bir dona Galaxy S22 Ultra 256 GB, 19,8 million so‘mga yana ikki dona Galaxy S22 Ultra 256 GB hamda 15,8 million so‘mga iPhone 15 Pro 256 GB Natural titanium sotib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!