Sakkiz nafar bokschi qizimiz qit’a chempionligi uchun jang qiladi

Sakkiz nafar bokschi qizimiz qit’a chempionligi uchun jang qiladi

Tailand poytaxti mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionatida qizlar o‘rtasidagi yarim final bellashuvlari yakunlandi.

Ma’lum qilganimizdek, unda terma jamoamizning 8 nafar vakilasi final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarildi. Yakunda ulardan 6 nafari oltin medal uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

-48 kg: Farzona Fozilova – Tipsatcha Yodvare (Tailand) - 5:0
-50 kg: Sabina Boboqulova – Kei Chi (Singapur) - 5:0
-52 kg: Feruza Kazakova – Ti Nguyen (Vetnam) - 5:0
-54 kg: Nigina O‘ktamova – Anel Sakish (Qozog‘iston) - 5:0
-57 kg: Sitora Turdibekova – Viktoriya Grefeeva (Qozog‘iston) - 4:1
-63 kg: Ziyoda Yarashova – Tananya Somnuyek (Tailand) - 0:5
-66 kg: Navbahor Hamidova – Ankar Ichshanova (Qozog‘iston) - 5:0
-81 kg: Sahobat Husanova – Pornipa Chuti (Tailand) - 0:5

Ishtirokchilar nisbatan kam bo‘lgani bois Aziza Zokirova (-70 kg) va Sohiba Ro‘zmetova (-75 kg) to‘g‘ridan to‘g‘ri finalda ringga ko‘tarilishadi. Shu tariqa, chempionlik kurash olib boradigan qizlarimiz jami 8 nafarni tashkil etadi. Final bellashuvlari 25 yanvar kuniga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!