Rossiyaning Voronej viloyatidagi “portlovchi vositalar” omborida kuchli yong‘in va portlashlar yuz berdi

Rossiyaning Voronej viloyatidagi “portlovchi vositalar” omborida kuchli yong‘in va portlashlar yuz berdi

Viloyat gubernatori Aleksandr Gusevning so‘zlariga ko‘ra, Podgorenskiy tumanida urib tushirilgan Ukrainaga tegishli dronning parchalari kelib tushishi natijasida omborda yong‘in boshlangan.

Ombordagi portlovchi vositalar portlashni boshlangach, hududda favqulodda holat joriy etilgan. Mahalliy aholi vaqtinchalik joylashtirish markazlariga evakuasiya qilinmoqda.

Gusev ushbu omborda nimalar saqlanganini ma’lum qilmagan. Biroq, Ukraina manbalariga ko‘ra, taxminan 9000 kvadrat metr maydondagi omborda “er-er” va “er-havo” tasnifidagi raketalar, shuningdek, tank va artilleriya snaryadlari saqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!